NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg 7 fevral kuni Bryusselda joylashgan Alyans bosh qarorgohida Shimoliy Atlantika harbiy tuzilmasi kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi.
Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, a’zo davlatlar milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari darajasida o‘tadigan uchrashuvda Shvetsiya ham ishtirok etishi belgilangan.
Shu kuni Bosh kotib AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan birga majlis yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qatnashadi.