Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida davom etayotgan taekvondo WT bo‘yicha “Fujayra open – 2024” turniri doirasida yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining to‘rt nafar a’zosi 2 ta oltin 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Jumladan, musobaqa davomida Gulshanoy Ismoilova hamda Madina Shoniyozova barcha raqiblarini yengib oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Mubina Abdullayeva o‘z vaznida kumush, Aziz Sattorov esa bronza medali sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, kattalar terma jamoamiz ushbu turnirda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA