Qozog‘iston qurolli kuchlari ehtiyoji uchun mahalliy korxonalar tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan ilk uchuvchisiz uchar qurilma testdan o‘tkazildi, deb xabar tarqatdi mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
– Yangi qurilma zamonaviy video kuzatuv uskunasi, o‘lchov asboblari (datchiklar), masofa o‘lchagich va issiqlik sezuvchi vositalar bilan ta’minlangan, – deyiladi xabarda. – Ekspertlar hukmiga turli uchish qurilmalari taqdim etildi. Dronlar maxsus rezina arqon yordamida katapult usulida samoga yo‘naltirilgan. Apparat joyidan xuddi vertolyot kabi ko‘tariladi va parvozni samolyotga o‘xshab davom ettiradi.
Dronlar mahalliy korxonalar tomonidan qisqa vaqtda yaratilgan bo‘lib, harbiylarning barcha talabi va tavsiyasi hisobga olingan.
– Qurolli kuchlarga mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan dronlar qabul qilinishi byudjet mablag‘ini sezilarli ravishda tejaydi, – deya ta’kidlamoqda matbot xizmati.
Sinov nihoyasiga yetgach, komissiya a’zolari taqdim etilgan modellarni yanada takomillashtirish uchun ishlab chiqaruvchilarga muayyan tavsiyalar bergan.