Birlashgan Millatlar Tashkiloti Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi rahbari Filipp Lazzarini aytishicha, 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida 100 mingga yaqin odam hayotdan ko‘z yumgan, yaralangan yoki bedarak yo‘qolgan.
Mulozim ijtimoiy media minbarda bergan bayonotga ko‘ra, aholining 80 foizdan ko‘pi uyini tark etishga majbur bo‘lgan. 17 ming bola himoyasiz qolgani yoki oilasidan ajralganiga e’tibor qaratgan BMT rasmiysi quyidagi ma’lumotni ham keltirgan:
– G‘azodagi 4 oylik urush davomida, deyarli, 100 ming kishi halok bo‘ldi, yaralandi yoki bedarak ketdi. Bu aholining, taxminan, 5 foiziga to‘g‘ri keladi.