Niderlandiya Ukraina uchun yana oltita G‘-16 qiruvchi samolyoti ajratadi.

– Kiyevga berish rejalashtirilgan qiruvchi samolyotlar soni 24 taga yetkazildi, – deb xabar tarqatdi dushanba kuni qirollik mudofaa vaziri Kaysa Ollongren ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Dekabr oyi so‘ngida mamlakat Bosh vaziri Mark Ryutte Prezident Vladimir Zelenskiyga dastlabki 18 ta qiruvchi uchoq Kiyevga topshirish uchun tayyorlanayotgani haqida aytgandi.

Rasmiy Gaaga ta’kidlashicha, amaliy jarayon shu yil boshlanadi.