FOTOREPORTAJ

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq o‘qituvchisi, taniqli murabbiy Shorabek Mustafoyevning 80 yilligi munosabati bilan kattalar o‘rtasida sambo bo‘yicha respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlaridan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda Mahsudbek Komilov, Diyorbek Jumanazarov, Ibodulla Otaboyev, Asan Hamroyev, Asadbek Allaboyev, Miyribek Abduxoliqov, Ayubxon Mansurov g‘olib bo‘ldi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA