Turkiya Falastin uchun kafolat bo‘lishi mumkin

Turkiya mintaqada harbiy kuchini joylashtirish hisobiga Falastin uchun tinchlik kafolati bo‘lishi mumkin, deb yozdi “Sabah” gazetasi.
“Turkiya gumanitar, siyosiy va harbiy joylashuv bilan Falastin tomonidan tinchlik kafolati bo‘lishga tayyor”, – deyiladi maqolada.
Nashr yozishicha, Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning mintaqadagi barcha qudratli mamlakatlar ishtirok etadigan xalqaro Falastin – Isroil tinchlik konferensiyasini tashkil etish taklifi dunyo kun tartibiga qo‘yiladi.
“G‘arb ushbu konferensiyada XAMASning ziddiyat tomonlaridan biri sifatida ishtirokiga qarshi chiqmoqda”, – deyiladi maqolada.