AQSH senati mamlakat chegarasini qo‘riqlash, Kiyev va Isroilga yordam berish bo‘yicha murosaga kelingan qonun loyihasini taqdim etdi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, ushbu maqsadlar uchun 118,28 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasiga ko‘ra, 60,06 milliard dollar Ukrainaga, 14,1 milliard dollar Isroilga beriladi. Shuningdek, hujjatda chegarani qo‘riqlash uchun 20,2 milliard dollar taqsimlanadi.
Ukraina uchun mo‘ljallangan mablag‘ning 14 milliard dollari yangi qurol sotib olish, 15 milliard dollari Ukraina askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish, shuningdek razvedka ma’lumotini almashish va boshqa maqsadlar uchun, 20 milliard esa Qo‘shma shtatlar hududida omborlar tashkil etishga yo‘naltiriladi.