O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi faoliyatini o‘rganishga qaratilgan tashrifi boshlandi.

Rais kunning birinchi yarmida partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy Kengashiga tashrif buyurdi. Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar Kengashidagi deputatlik guruhi, partiyaning shahar va tuman Kengashlari raislari bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid partiya oldida turgan vazifalar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi deputatlik guruhi a’zolari O‘ringul Allabergenova, Gulxatisha Ayimbetova, Dauitbay Qurbaniyazov, partiya faoli, Nukus davlat pedagogika instituti “Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” sistemasini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Palmurza Xojabekov, Nukus shahar Kengashi deputatlari Ulbosin Seytjanova, Aysha Abdreymova va boshqalar so‘zga chiqib, partiya oldida turgan dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA