Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tadbirkorga 900 million so‘mlik qurilish ob’ektini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Fuqaro I.R. “N.Q.” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari A.N.ning ishonchiga kirib, unga 72 million so‘m evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Nukus shahri hududidan 900 million so‘mlik qurilish ob’ektini olib berishini aytadi. Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan 20 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.