Joriy yilning 3 fevralidan boshlab, poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Bugun esa qit’amizning 34 mamlakatidan 239 nafar sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqa oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir bevosita bellashuvlarga mezbonlik qiladigan “Yunusobod sport majmuasi”ning o‘zida o‘tkazildi.

Anjumanda Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Al Xarbi va OAV vakillari ishtirok etdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA