Lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning faoliyati tartibga solinadi

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030″ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni muhokamalar portaliga joylandi.
Unda O‘zbekistonda lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibini belgilash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Unga ko‘ra, lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish borasida vakolatli organni belgilash, lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga oid yagona reyestr yuritishni joriy etish, lizing xizmatlarini ko‘rsatishni vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshirish faoliyat turiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Raqobat qo‘mitasi tomonidan bir qator lizing kompaniyalari mansabdor shaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani, shunga qaramay, ayrim kompaniyalari mansabdor shaxslari tomonidan iste’molchilarni chalg‘itish yoki ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan pul mablag‘larini jalb qilish kabi huquqbuzarliklarni davom ettirayotgani ma’lum qilingan edi.
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA