Kecha Qozog‘istonning Jambil viloyati Jualin tumani Nurlikent qishlog‘i hududidan o‘tgan “G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy” avtomobil yo‘lining 567-kilometrida 26 transport vositasi ishtirokida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu halokat natijasida vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Vaziyatni nazoratga olgan Bosh konsullik xodimlari voqea joyiga yetib borgan.