Dubaydagi yangi bosh konsulimiz ishga kirishdi
311

O‘zbekistonning Dubay shahriga yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi Dubay bo‘limi direktori Shayx Maktum bin Buttiy Al-Maktum bilan uchrashdi va konsullik guvohnomasi (patenti)ni qabul qilib oldi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BAA munosabatining bugungi holati, aloqani rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi. Iqtisodiyot, savdo, sarmoya, yuqori texnologiya, innovatsiya, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, turizm, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish zarurligi xususida fikr almashildi.
Bosh konsulxona faoliyati Dubay, Sharja, Ras Al-Xayma, Ajman, Um Al-Kuvayn va Fujayra amirliklarini qamrab oladi.
O‘zA