Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokarasini qayta jonlantirishni taklif qilishi mumkin, dedi “RIA Novosti”ga turkiyalik tahlilchi Engin O‘zar.
Putin fevralda ushbu davlatga safar uyushtirishi kutilyapti.
Dushanba kuni RF rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov mazkur tashrif haqida gapirarkan, “Ukraina bo‘lajak muzokaraning asosiy mavzusiga aylanishi mumkin”, dedi.
Turkiya o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun vositachi bo‘lishi mumkin. Ayni payt Anqarada amerikalik diplomatlar bilan tinchlik muzokarasi bo‘yicha fikr almashilyapti.