Buyuk Britaniya hukumati sobiq rahbari Boris Jonson Bi-bi-si telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Shimoliy Atlantika alyansi Kiyev oldida aybdorlik hissini sezishi kerak, chunki Ukrainada nizo chiqishiga yo‘l qo‘yib berdi.
– NATO ichida chuqur institutsional aybdorlik hissi mavjud, – dedi sobiq hukumat boshlig‘i. – Agar alyans va’dasini bajarganda edi, ukrainaliklar haqiqatan to‘liq a’zolik yo‘liga tushgan bo‘lardi. O‘shanda, ehtimol, Putin hozir qilayotgan ishidan tiyilardi. Bizning uzoq vaqtdan buyon saqlanib kelayotgan jamoaviy noaniq pozitsiyamiz, birdaniga ikki stulga o‘tirishga harakat qilishimiz halokatli xato bo‘lib chiqdi. Natijada Putin “Ha, ular jiddiy emas ekan” degan qarorga keldi.
Jonsonning ta’kidlashicha, hozir demokratiya chekinmoqda, avtokratiya maqsadiga erishmoqda.
Shu bilan birga siyosatchi Ukrainadagi voqealar “G‘arb davlatlari Rossiyaga qat’iy javob qaytarishiga umid qilishi”ni ham ta’kidladi.
Jonson 2022 yildagi Kiyevga tashrifini eslarkan, o‘shanda Ukraina hududini yo‘qotishga rozi bo‘lishi va Rossiya bilan tinchlik bitimi imzolashi noto‘g‘ri bo‘lardi, dedi.
“TASS” yozishicha, sobiq Bosh vazir telekanalga bergan intervyusida “Oyog‘ingiz yarmini uzib olgan va ikkinchi oyoqni tishlashga harakat qilayotgan timsoh bilan muzokara o‘tkazish mumkin emas”, – deya ta’kidlagan.