AQSH harbiy havo kuchlari Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti Janubiy Koreya sohilida halokatga uchraganini tasdiqladi. Bayonotda aytilishicha, uchuvchi omon qolgan. U voqeadan bir soat o‘tgach, topilgan va kasalxonaga yetkazilgan.

Hodisa sababi tekshiruvdan keyin e’lon qilinishi aytilmoqda.

Amerikaning Janubiy Koreyadagi Kunsan avia bazasida 2023 yil dekabrda ham F-16 bilan shunday holat yuz bergandi.