“O‘zbekiston-2030″ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha quyidagilar belgilanmoqda:

• amaliy chora-tadbirlar rejalari;

• normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatlari.

Muhokamalar 2024 yilning 31 yanvaridan 9 fevraligacha davom etadi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasi barchani 2024 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlari mumkinligini ma’lum qildi.

 

A.Rustamov, O‘zA