Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi mamlakatning amaldagi rahbari Vladimir Putinni prezidentlik saylovi nomzodi sifatida ro‘yxatga oldi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, Rossiya MSK raisi Ella Pamfilova qaror bir ovozdan ma’qullanganini ma’lum qildi.
Vladimir Putin tan olingan to‘rtinchi da’vogar hisoblanadi. Avvalroq, Leonid Slutskiy (RLDP), Vladislav Davankov (Yangi odamlar) va Nikolay Xaritonov (Kommunistik partiya) nomzodi ro‘yxatga kiritilgan.
Putin davlat rahbarligi uchun saylovda beshinchi bor ishtirok etmoqda. U 2000, 2004, 2012 va 2018 yillarda yetakchi etib saylangan.