Ashxobodda BAA axborot agentligi – WAM bosh direktori Muhammad Jalol Ar-Raisiy boshchiligidagi delegatsiya Turkmaniston ommaviy axborot vositalari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqboli va yangiliklar almashinuvini kengaytirish masalasini muhokama kildi.

Delegatsiya a’zolari qator tashkilotlarda rasmiylar bilan uchrashdi. Turkmanistonliklar noyabr oyida Abu-Dabi shahrida uchinchi bor o‘tkazilishi kutilayotgan Jahon Media kongressiga taklif qilindi.

Mehmonlar anjumanning asosiy maqsadi, ushbu muhim sohaga ta’sir ko‘rsatayotgan jadal rivojlanish va texnologik taraqqiyot nuqtai nazaridan, OAVning bugungi holati va kelajagini muhokama qilish ekanini ta’kidladilar.

Tomonlar ikki mamlakatning ma’naviy boyligi, madaniy salohiyati va  iqtisodiy imkoniyati bilan o‘zaro yaqindan tanishtirishga xizmat qiluvchi faoliyatni olqishladi.