Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan boshlangan “Mehr harakati” doirasidagi navbatdagi xayriya tadbiri Nukus shahri va Chimboy tumanida o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari homiylar bilan hamkorlikda Chimboy tumanidagi 22 ta, Nukus shahridagi 3 ta, jami 25 ta kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalardan xabar oldi. Tadbir davomida ularga oziq-ovqat mahsulotlari, qishki kiyimlar hamda bolalar o‘yinchoqlari topshirildi. Shuningdek, 2 ta oilaning farzandini kasbga yo‘naltirish maqsadida bepul ta’lim olishi uchun “PROGRESS UP” o‘quv markaziga sertifikat berildi.
Orolbo‘yi shahar va tumanlarida xayriya tadbirlari davom etmoqda.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri.