Ispaniyaning “Cepsa” neft-kimyo kompaniyasi va Amerikaning “Manpower Group” transmilliy korporatsiyasi taqdim etgan “Yashil molekula: Yevropada yaqinlashib kelayotgan mehnat bozori inqilobi” nomli ma’ruzada qayd etilishicha, yashil vodorod va biologiya yonilg‘isi kabi qayta tiklanadigan energiya manbalari ishlab chiqarish tizimida 2040 yilgacha 1,7 million yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi.

Qolaversa, mazkur soha qit’a yalpi ichki mahsuloti qiymatini 145 milliard yevro oshirish imkonini berarkan.

Ispaniya yashil vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biriga aylanadi. Yashil molekula bilan bog‘liq eng ko‘p – 181 ming ish o‘rni aynan shu davlatda ochiladi. Bu borada keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya (173 ming) va Germaniya (145 ming) egallaydi. Hisobotga ko‘ra, energiya transformatsiyasi hozirgi kungacha o‘rta va yuqori darajadagi olim, muhandis, elektr montyori, ma’muriyat va savdo direktori, tog‘-kon va qurilish ishchisi, axborot texnologiyasi mutaxassisi, metallurgiya va muhandislik operatoriga talab sezilarli darajada o‘sishiga olib keladi.

– Biz nafaqat kompaniyalar, balki millionlab mutaxassislar uchun ham ulkan imkoniyat taqdim etuvchi yangi davrga kirmoqdamiz, – deydi “Manpower Group” bosh direktori Jonas Prising. – Faqat, odamlarni shunga tayyorlasakgina, ushbu imkoniyatan foydalanishimiz mumkin. Kelajak “yashil o‘sishda”.

S.Rahimov, O‘zA