Transport inspeksiyasining faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tildi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda avtomobil yo‘llari tizimida eskicha yondashuvlarga barham berish zarurligi ta’kidlandi.
Yo‘l qurilishida yashirin iqtisodiyot ulushi ancha yuqoriligi qayd etilib, buni nazorat qiladigan Transport inspeksiyasining faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga yo‘l qurilishidagi 40 dan ziyod standart va me’yorlarni Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi talablariga moslashtirish, yo‘l qurilishi loyihalariga maxsus sertifikatga ega muhandis-konsultantlarni jalb qilish topshirildi.
Bosh prokuratura, transport prokuroriga loyihadan ob’ektni topshirishgacha, shuningdek, ularni ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq barcha jarayonlarda talon-torojlikka chek qo‘yish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.
Shuningdek, Transport vazirligiga joriy yilda transport vaznini o‘lchaydigan kamida 30 ta tarozi o‘rnatish choralarini ko‘rish topshirildi. Har bir viloyatda avtomobil serqatnov bo‘lgan kamida 20 kilometrdan yo‘l ekspluatatsiyasini xususiy sektorga berish bo‘yicha “pilot” loyihalar boshlanishi belgilandi.
O‘zA