Ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi va bo‘sh joylarini ijaraga berish bo‘yicha yangi tartib joriy qilinadi
352

Hozirda ko‘p qavatli uylardagi 2 mingta yerto‘la tadbirkorlarga ijaraga berilmasdan, bo‘sh yotibdi.
Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Vaholanki, bu orqali mahallalarda 20 mingta ish o‘rni yaratish va ijaradan yiliga 150-200 milliard so‘m qo‘shimcha daromad topish mumkin.
Endi ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi va bo‘sh joylarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:
– yerto‘la va bo‘sh maydonlar haqida ma’lumotlar raqamlashtirilib, “Mening uyim” tizimiga bog‘lanadi hamda aholi va tashabbuskorlarga ochiq e’lon qilinadi;
– ijara to‘lovlari faqat “Mening uyim” platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uchun ochiq bo‘ladi.
Bundan tashqari, kompleks rahbariyatiga avariya holatidagi uylarni renovatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
O‘zA