Qatar davlati axborot agentligi – “QNA” ushbu davlatning Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi rahbari Hamad bin Nosir Al-Misnad va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotini yoritdi.

Maqolada tomonlar bir necha dolzarb mavzular qatori hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi ijrosini faollashtirish yo‘llarini muhokama qilgani ta’kidlangan.

Tadbirda korrupsiyaning oldini olish va ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba, axborot, qonun hujjatlari va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar almashish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA