Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida 1/8 final bosqichida ikl uchrashuvlar o‘tkazildi.

“Ahmad bin Ali” stadionida o‘tkazilgan nimchorak final bashida Tojikiston kutilmaganda Birlashgan Arab Amirliklarini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Aniqrog‘i, o‘yinning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida 1:1 hisobi qayd etildi. Shundan so‘ng jamoalar penaltilar seriyasida raqobatlashdi va unda Tojikiston terma jamoasi 5:3 hisobida zafar quchdi.  Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finaliga o‘z tarixida ilk marotaba chiqdi.

Musobaqaning 1/8 finalidan o‘rin olgan navbatdagi bahsda Avstraliya terma jamoasi Indoneziya termasini 4:0 hisobida yengdi. Ushbu o‘yin “Jassim bin Hamad” stadionida tashkil etildi.

Shu tariqa Avstraliya va Tojikiston termasi chorak finalga yo‘l oldi. Endi Tojikiston keyingi bosqichda Iroq — Iordaniya termalari o‘rtasidagi g‘olib jamoa bilan to‘qnash keladi. Avstraliya esa Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun,  29 yanvar kuni nimchorak final bosqichida Iroq – Iordaniya,  Qatar – Falastin terma jamoalari bahsi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining nimachorak final bahslari 28 yanvar kuni o‘tkaziladi. 30 yanvar kuni o‘tadigan O‘zbekiston – Tailand uchrashuviga “Al-Janub” stadioni mezbonlik qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA