Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlab 2009-2013 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha sport maktabi ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Xo‘jayli tuman Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Musobaqani tashkil etishdan maqsad, iqtidorli sportchilari tanlab olish, erkin kurashni ommalashtirish, mamlakatimiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish, yoshlarning har qanday yot illatlarga kirib ketishining oldini olishdan iborat.
Xalqaro erkin kurash qoidalari asosida o‘tkazilgan musobaqada 15 ta vazn toifasida 130 nafardan ziyod yosh kurashchi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda A.Mao‘lenbergenov, R.Saparov, S.Tursinbayev, B.Dao‘letov, S.Maxsetbayev, A.Taӊirbergenov, B.Joldasbayev, S.Abdiraxmanov, N.Karimbayev, A.Muratbayev, I.Baldijanov, A.Nurjanov, A.Rimov, D.Joldasov, R.Jenisbayev o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrinli o‘rin egalari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri