Bugun Finlyandiyada mamlakat rahbarligi uchun saylov o‘tkazilyapti.

Respublika Adliya vazirligi xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da 900 dan ortiq saylov uchastkasi ochilgan. So‘rov natijasiga ko‘ra, prezidentlik uchun kurash deputat, sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto va hukumatning sobiq rahbari, professor Aleksandr Stubb o‘rtasida kechishi taxmin qilinmoqda.

Rezidentlar 20:00 (Xelsinki vaqti Toshkentdan 3 soat orqada – tahririyat)gacha ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin. Saylov uchastkalari yopilgach, Adliya vazirligi darhol dastlabki natijalarni e’lon qiladi.

Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni (17-23 yanvar)da rekord darajadagi 44,7 foiz aholi o‘z tanlovini bildirgan. Ayni ko‘rsatkichB olti yil oldingi prezidentlik saylovida  36,7 foizni tashkil etgan edi.

Sotsiologlar bashoratiga ko‘ra, bugun nomzodlarning hech biri saylovchilarning yarmidan ko‘p ovozini ololmaydi va shu sababli 11 fevral kuni ikkinchi tur o‘tkazilishi mumkin.