Islom hamkorlik tashkiloti Axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) xabar berishicha, “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti Isroilning G‘azoga tajovuzi tufayli Nosir kasalxonasida aksariyat xizmat turlari to‘xtatilgach, anklavda sog‘liqni saqlash tizimi ishlamay qolganini aytdi.
Tashkilot bayonotida G‘azo sektori janubidagi Xon Yunisdagi eng yirik sog‘liqni saqlash muassasasi bo‘lgan “Nosir shifoxonasining jarrohlik salohiyati” deyarli yo‘qqa chiqqanidan jamoa afsusda ekani bildirilgan, shifoxonada qolgan tibbiyot xodimlari tibbiy asbob-uskunaning cheklangan zaxirasi bilan ishlayotgani ta’kidlangan.
– Nosir va Yevropa kasalxonasi ishlamay qolgani sababli, G‘azoda sog‘liqni saqlash tizimi, deyarli, faoliyat ko‘rsatmayapti, – dedi “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti tibbiy koordinatori Gimett Tomas.
G‘azo Sog‘liqni saqlash muassasasi shifoxonada elektr ta’minoti to‘liq uzilganini ma’lum qildi. Bu holat tibbiy asbob-uskunalar, jumladan respiratorlar butunlay ishlamay qolishiga olib keldi.
Ma’lum qilinishicha, 300 dan 500 gacha og‘ir yaralangan bemorlar, tez yordam mashinasi yo‘qligi sababli, evakuatsiya kilinmagan. Umuman, G‘azoda 36 kasalxonadan faqat 8 tasi “qisman” ishlamoqda.