“JATO Dynamics” va “Car Industry Analysis” kompaniyalari e’lon qilgan avtomobil bozori tahliliga oid navbatdagi ma’lumotga ko‘ra, “Tesla Model Y” 2023 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan avtomobil sifatida e’tirof etildi, deb yozdi “Motor1” sayti.

2023 yil davomida dunyo bo‘ylab 1,32 millon shunday rusumli mashina egasini topgan. 2022 yil bilan solishtirilganda, kompaniya savdosi o‘sishi 64 foizni tashkil etgan. 2021 yil esa sotilgan elektromobillar avvalgi mavsumga nisbatan 91 foiz oshgan edi. “Model Y” Yevropa va Xitoyda eng ko‘p sotilgan markaga aylandi.

Eng xaridorgir avtomabillar ro‘yxatida 2-o‘rinni 2023 yil 1,07 millionta xarid qilingan “Toyota RAV4” egalladi. Kuchli uchlikdan yana bir yapon brendi – “Toyota Corolla” joy oldi.

Mazkur xulosa AQSH, Yevropaning aksariyat davlatlari hamda Xitoy avtomobil bozoridagi vaziyat tahlili asosida tayyorlangan.