Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2019 yilda yozuvchi va jurnalist Elizabet Jan Kerrollga tuhmat qilgani uchun 83,3 million dollar (65 million funt sterling) to‘lashi kerak degan qarorga keldi. Bu haqda “BBC News” xabar bermoqda.
Bu jarima summasi ichiga J.Kerrollning obro‘sini tiklash uchun 11 million dollar, boshqa zararlar uchun 7,3 million dollar va jazo uchun 65 million dollar kiradi.
Tramp hukmni “jodugarning navbatdagi ovi va bu mutlaqo kulgili” deb atadi.
Sud Trampni J.Kerrollga qarshi nomaqbul ig‘volarni gapirishda davom etishini to‘xtatish uchun ham jazo choralarini qo‘llashi kerak edi.
Xonimning advokati Robbi Kaplan o‘z bayonotida shunday dedi: “Bugungi hukm qonun hammaga, hatto boylarga va sobiq prezidentlarga ham teng ekanligini isbotladi”.
Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSHdagi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan Donald Trampga 91 ta ayblovdan hozircha to‘rtta jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan.
U mamlakat tarixida jinoyatda ayblangan birinchi prezidentdir, biroq u o‘z aybini tan olmaydi va barcha ayblovlarni rad etib keladi.