Rejep Tayyip Erdog‘an va Ibrohim Raisiy Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiya – Eron biznes forumida ishtirok etdi.

Turkiya yetakchisi ishbilarmon doira vakillari, tadbirkorlar bilan uchrashuvda ikki mamlakat iqtisodiy va savdo aloqalarida yangi loyihalar amalga oshirilishi, hamkorlik va o‘zaro sarmoya rag‘batlantirioishiga umid bildirdi:

– Turkiya va Eron umumiy aholisi 170 milliondan oshadigan, ulkan resurs va ishchi kuchiga ega qo‘shni, qardosh davlatlar. Tarixan sivilizatsiyalar beshigi bo‘lgan mamlakatlarimiz o‘rtasida chuqur ildiz otgan, ko‘p qirrali munosabatlar mavjud.

Eron mamlakatimizning Osiyoga eshiklaridan biri bo‘lsa, Turkiya Eronning Yevropaga eshigi. Aloqalarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjud.

Mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda mintaqaviy mulkdorlik va hamkorlikning ahamiyati ajralmasdir. Demak, Turkiya va Eron taraqqiyot, barqarorlik uchun sheriklikni, albatta, rivojlantirishi kerak.

Biz avval belgilangan 30 milliard dollarlik savdo ko‘rsatkichiga erishish yo‘lida qat’iyat bilan qadam tashlayapmiz. Birgalikda harakat qilib, maqsadga erishamiz, degan umiddaman.