AOKAda o‘tkazilgan brifingda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshevning ma’lum qilishicha, o‘tgan yilda yangi tashkil etilgan 3 ta milliy madaniy markazga Davlat byudjetidan 20 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratish belgilangan.

Bugungi kunda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi mamlakatimizdagi 156 ta milliy madaniy markaz, 38 ta do‘stlik jamiyati va xorijdagi 98 ta vatandoshlar jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.

Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 1 ta qonun, 2 ta Prezident qarori, 18 ta hukumat qarori va farmoyishi loyihalari tayyorlandi.

“O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi Davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA