Xitoyda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Xitoy mintaqalararo forumi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi rahbarligidagi delegatsiya “Shandong Energy Group Co., Ltd” kompaniyasi ma’muriyati bilan uchrashib, muloqot olib bordi.
“B2B” va “G2B” formatlarida o‘tkazilgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tog‘-kon metallurgiyasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Kompaniya rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlik qilish, istiqbolli loyihalar ustida amaliy ishlar olib borish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida dastlabki qiymati 150 million dollarlik metallurgiya sanoati loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.