TDT huzurida Raqobat kengashi tuzildi

279

Istanbulda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar raqobat tuzilmalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Turkiya Savdo vazirliklari, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, Turkmaniston va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi raqobat idoralari vakillari ishtirok etgan tadbir TDT huzurida Raqobat kengashini tashkil etish maqsadida tashkil etildi. Mazkur platformada yondosh muassasalar o‘rtasida axborot almashinuvi, global muammolarga qarshi birgalikda kurashish, raqobat siyosati va qonunchiligini ishlab chiqish, mamlakatlar aro integratsiya va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuvda turli taqdimotlar namoyish etildi, sheriklik loyihalari muhokama qilindi.

Yakunda raqobat idoralari rahbarlari “Turkiy davlatlar tashkiloti huzurida Raqobat kengashi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladilar. Shuningdek, tomonlar Shusha shahrida Raqobat forumini o‘tkazishga kelishib oldilar.

G.Sattorova,

O‘zA