Futbol bo‘yicha Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogi o‘yinlarining guruh bosqich bahslari ortda qoldi. G‘alvir suvdan ko‘tarildi. 1/8 final uchrashuvlarida ishtirok etadigan 16 ta milliy terma jamoalar va ularning raqiblari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi 1/8 finalidagi raqibi Tailand terma jamoasi bo‘ldi.

Tailandliklar kecha o‘tkazilgan guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida Saudiya Arabistoni bilan durangga erishib, “F” guruhida 2-o‘rinni egalladi.

Endi Srechko Katanets bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 30 yanvar kuni Qatardagi “Al-Janub” stadionida Tailand bilan kuch sinashadi. Qit’a kubogi 1/8 finalida shuningdek, Avstraliya – Indoneziya, Tojikiston – BAA, Iroq – Iordaniya, Qatar – Falastin, Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya, Bahrayn – Yaponiya, Eron – Suriya kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining1/8 final o‘yinlari 28-31 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA