Asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikka da’vogarlar quyidagilar.

Eng yaxshi film:

– “Amerika asari”, “Yiqilish anatomiyasi”, “Barbi”, “Tashlab ketilganlar”,

– “Oy gulining qotillari”, “Oppenhaymer”, “O‘tgan hayotlar”, “Bechora baxtsizlar”, “Qiziqish zonasi”

Eng yaxshi rejissyor:

– Jonatan Gleyzer, Yorgos Lantimos, Kristofer Nolan, Martin Skorseze, Jyustin Triye.

Eng yaxshi aktyor:

– Bredli Kuper, Pol Jamatti, Killian Myorfi, Jeffri Rayt.

Eng yaxshi aktrisa:

– Annett Bening , Lili Gladstoun, Sandra Xyuller,Keri Malligan, Emma Stoun.

Shuningdek, to‘liq metrajli animatsion hamda qisqa metrajli hujjatli filmlar yo‘nalishlarida ham nomzodlar e’lon qilingan.

G‘oliblar 10 mart kuni e’lon qilinadi. Komediyachi Jimmi Kimmel marosimni to‘rtinchi bor olib boradi.

Shahnoza Toshtemirova, Nozimbek Mardonov (video), O‘zA