Eron Islom Respublikasi sport va yoshlar vaziri Kayumars Hoshimiy boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Delegatsiya a’zolari poytaxtimizda barpo etilayotgan “Olimpiya shaharchasi”dagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish asnosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.

Sport vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston-Eron mamlakatlarining sport sohasidagi hamkorligi borasidagi masalalar, xususan boks, dzyudo, og‘ir atletika, taekvondo kabi sport turlari bo‘yicha tajriba almashish muhimligi qayd etildi.

Samimiy o‘tgan muloqot so‘ngida do‘stona aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA