Xeyli Nyu-Gempshirda Trampdan mag‘lub bo‘ldi

Кандидат в президенты от респuбликанцев пообещала помилоvaть Трампа — РБК

Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzodni aniqlash bo‘yicha Nyu-Gempshir shtatida bo‘lib o‘tgan praymerizda mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli raqibi Donald Trampni g‘alaba bilan qutladi.

“Donald Trampni bugungi g‘alabasi bilan tabriklayman”, – dedi u tarafdorlari qarshisida chiqish qilarkan. Shu bilan birga Nikki oldinda o‘nlab shtatlar borligi, qolaversa kelgusi praymeriz unga qadrdon Janubiy Karolina shtatida bo‘lib o‘tishini ta’kidladi. Bir vaqtlar Xeyli mazkur shtat gubernatori edi.

 

Somalida hafta ichida vabo bilan bog‘liq 470 holat aniqlandi

Число uмерших от холеры в ЮАР достигло 31 | ИА Красная Весна

Somalida bir hafta davomida vabo bilan bog‘liq 470 holat qayd etildi, kamida to‘qqiz bemor halok bo‘lgan, deyiladi BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotida.

Xastalik keng tarqalishi 2023 yil boshlangan epidemiyaning davomidir. O‘tgan yil mamlakatda 18 mingdan ziyod holat ro‘yxatga olingan edi. Hisobotda bemorlarning yarmidan ko‘pi bolalar ekani aytilgan.

 

Tayvanga ikki nafar amerikalik qonun chiqaruvchi tashrif buyurdi

В Тайбэй прибыли дva конгрессмена из США, чтобы выразить Тайvaню поддержкu  | KPIZ.ru

AQSH Vakillar palatasining Hind-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha tashqi ishlar qo‘mitasi vakili, yetakchi demokrat Ami Bera va respublikachi Mario Dias-Balart Taybeyga yetib kelishdi. Siyosatchilar ushbu tashrif bilan Vashington Tayvanni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini namoyish qilmoqchi, dedi Bera matbuot uchun.

Ta’kidlanishicha, amerikalik qonun chiqaruvchilar AQSH bilan Tayvan o‘rtasidagi iqtisodiyot va mudofaa sohalaridagi aloqani mustahkamlash imkoniyatini ham muhokama qiladi.

 

Kiyev 2024 yil g‘arbdan qanday qurollar oladi?

Встреча рамштайн 15 марта – чего ждать Украине, все подробности | РБК  Ukraina

Ukraina mudofaa vazirligi spikeri Illarion Pavlyuk “Ramshtayn” formatida bo‘lib o‘tgan kontakt guruhi uchrashuvi yakuni bo‘yicha bayonot berib, Kiyev bu yil avval olmagan qurollarga ega bo‘lishi, bir necha davlatdan katta yordam paketi olishini ma’lum qildi.

“Jamoatchilik” telekanali Pavlyukning quyidagi so‘zlarini efirga uzatgan: – Uchrashuv samarali kechdi, yordam davom etadi, muhim bayonotlar bo‘ldi va majburiyatlar belgilandi. Bu yil avval bizda bo‘lmagan aslahalar olamiz, ushbu qurollar logistika tarmog‘ini yo‘q qilishda bizga qo‘l keladi.

 

NATOga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari uchrashuvi e’lon qilindi

NATO: остаvaться сильными, едиными и вместе нести финансовове бремя |  ShareAmerica

NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari majlisi 15 fevral kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadi, deb xabar tarqatdi alyans matbuot xizmati.

Avvalroq Bosh kotib Yens Stoltenberg yig‘ilishda alyansda harbiy mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish masalasi muhokama qilinadi, deya bayonot bergan edi.

 

JSST: dunyo bo‘ylab tamaki iste’moli kamaymoqda

Число кuрящих людей во всем мире uменьшается.

Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 1,25 milliard kishi tamaki iste’mol qiladi, chekish darajasi esa pasayishda davom etyapti, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yaqinda e’lon qilgan ma’ruzada. Hozir dunyoda har beshinchi kishi kashanda. 2000 yilda bu ko‘rsatkich har uch kishiga to‘g‘ri kelardi.

Hujjatda keltirilishicha, 150 mamlakatda tamaki iste’moli kamaymoqda, olti davlatda esa chekish ko‘rsatkichi oshgan: Kongo, Misr, Indoneziya, Iordaniya, O‘mon va Moldova.

 

Qizil dengizdagi inqiroz Yevropadagi narxga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Красное – опасное: чем закончится спецоперация США по охране кораблей от  йеменских хuситов

Osiyodan Yevropaga konteynerda yetkazilayotgan ko‘plab turdagi mahsulotlar Qizil dengizdagi inqiroz tufayli 10 foiz qimmatlashishi mumkin, deb yozdi Italiyaning “il Messaggero” gazetasi.

Nashr ta’kidlashicha, “Qizil dengizda joriy qilingan soliq” elektronika, interer va moda vositalalari, avtomobil ehtiyot qismlari va hatto, Yaqin Sharqdan keladigan gaz narxiga ham ta’sir qiladi.

 

Germaniya Ukrainaga oltita vertolyoti beradi

Westland Sea King | Air & Ground Aviation

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevga oltita “Sea King” vertolyoti berilishini aytdi.

Vazirlik xabarida “Sea King” ishonchli va kuchli vertolyot bo‘lib, ukrainaliklarga ko‘p sohada, jumladan Qora dengiz uzra razvedka qilishdan tortib, harbiylarni tashishgacha yordam berishi ta’kidlangan. Bunday uchoqlar  Germaniyadan ilk bor yetkazib berilmoqda.

Mulozim qo‘shimcha qilishicha, Ukraina aholisini va infratuzilmani himoya qilishda havo hujumiga qarshi mudofaa ustuvor bo‘lib qolmoqda.

Saidmurod Rahimov tayyorladi, O‘zA