O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoy eng yuqori ulushga ega
242

Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati jadal rivojlanishi iqtisodiy taraqqiyotga erishishda muhim o‘ringa ega. Bu borada hamkor davlatlar bilan faol savdo munosabatlarining yanada kengaytirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 62,6 milliard dollarga yetgan. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchi bo‘lib, 13,7 milliard dollarni tashkil etgan.
Undan keyingi o‘rinlarda esa Rossiya – 9,8 milliard, Qozog‘iston – 4,4 milliard, Turkiya – 3,1 milliard, Koreya – 2,3 milliard, Turkmaniston – 1,1 milliard, Germaniya – 1,1 milliard, Fransiya – 985 million, Qirg‘iz Respublikasi – 953 million, Afg‘oniston – 867 million dollarni tashkil etadi.
M.Komilova,
O‘zA