Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Bosh kotib Chjan Min rahbarligidagi SHHT missiyasi prezidentlik saylovini kuzatish uchun Boku shahriga boradi. Bu haqda “Kazinform” tashkilot matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Tarkibdan a’zo davlatlar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyati idoralari, diplomatik vakolatxonalar vakillari, Kotibiyat va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari o‘rin olgan.

SHHT kuzatuvchilari missiyasi Ozarbayjonda 4 fevral kuni ish boshlaydi. Ushbu qardosh mamlakatda 7 fevral kuni navbatdan tashqari bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida 7 nafar nomzodni ro‘yxatga olgan.

G.Sattorova