Xitoyning sharqiy qismini Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalishda harakat boshlandi
288

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining tegishli vazirlik, idoralari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishda yuk tashuvlarni amalga oshirish boshlandi.
Mazkur savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini beradi.



O‘zbekistonlik milliy tashuvchilar ushbu yo‘nalish bo‘ylab “TIR Karnet” kitobchasini qo‘llagan holda Qozog‘istondan tranzit o‘tib, Xorgos orqali Xitoyning Sariq dengiz qirg‘oqlarida joylashgan Sindao shahriga va u yerdan ortga yuk tashuvlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, deyiladi Transport vazirligi ma’lumotida.
A.RUSTAMOV,
O‘zA