Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionati doirasida “Humo” – “Sariarka” klublari so‘nggi, beshinchi o‘yinda o‘zaro raqobatlashdi.

Poytaxtimizdagi ko‘p tarmoqli “Humo Arena” majmuasida o‘tkazilgan ushbu o‘yinda “Humo” klubi raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindagi ikki golga Ivan Fishenko mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, “Humo” va “Sariarka” ushbu muntazam chempionat doirasidagi 5 uchrashuvning to‘rttasida g‘alaba qozondi va bittasida mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, bu jamoalar faoliyati davomida o‘zaro jami 13 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularning 7 tasida poytaxtimiz klubi zafar quchgan bo‘lsa, qarag‘andaliklar olti marta g‘alaba qozongan.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Humo” jamoasining Qozog‘iston muntazam chempionatidagi ochkolari 70 taga yetdi va jadvalning ikkinchi pog‘onasida qoldi.

Endi muntazam chempionatning navbatdagi turida “Humo” klubi Toshkentda Qozog‘istonning “Kulager” jamoasi bilan raqobatlashadi. Mazkur bahs 26 yanvar kuni “Humo Arena” majmuasida o‘tkaziladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA