«Sharq» nashriyotiga tegishli binolar joylashgan 3 gektardan ziyod maydon xususiylashtirilmoqda (+video)

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 yanvardagi qarori bilan Toshkent shahar Buyuk Turon ko‘chasi 41-uyda joylashgan «Sharq» nashriyot-matbaa korxonasi binolari Moddiy madaniy merosining ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatidan chiqarildi.
Ushbu binolar xususiylashtirish maqsadida sotuvga qo‘yilgan. Mazkur ob’ekt 1979-1983 yillarda qurilgan jami 14 ta bino, 2 ta bino qismi hamda 5ta inshootdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 60 736 metr-kvadratni tashkil etadi. Mazkur ma’lumot bugungi kunda OAVda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Qarorda ko‘rsatib o‘tilgan bandlar va yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan to‘laroq ma’lumot berish uchun mutassaddilar jurnalistlar savollariga javob berishdi.
– Bu bino ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan majmua madaniy meros ahamiyati yo‘q, – deydi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov. – Shuning uchun ushbu umumiy hudud madaniy meros ro‘yxatidan chiqarib, xususiylashtiriladi. O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi binosi hammamiz yaxshi bilamiz Toshkentning, O‘zbekistonning avvalgi modernizm binolaridan hisoblanadi. Bu talabni inobatga olgan xolda ushbu binoni buzmaslik, bu binoni tarixiy qiyofasini saqlab qolish va rekonstruksiya qilinadigan bo‘lsa, albatta Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan xolda amalga oshirilishi talabi belgilab qo‘yilgan. Bu talab nafaqat bu binoga nisbatan qo‘yiladi, balki Alisher Navoiy teatri tomonidagi bino qismiga ham xuddi mana shunday talab qo‘yiladi.
Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Anvar Ahmedov, Davron Ernazarov (surat + video), O‘zA