Qatar poytaxti Doha shahrida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bahslarining guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Musobaqaning “V” guruhida O‘zbekiston – Avstraliya va Suriya – Hindiston uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari bahsi 1:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi 45-daqiqasida Boyl penaltidan gol urib, Avstraliyani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida Jaloliddin Masharipovning uzatgan to‘pini Aziz Turg‘unboyev boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa o‘yinda boshqa gol urilmadi.
Suriya hamda Hindiston uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi.
“V” guruhida Avstraliya 7 ochko bilan guruh peshqadami sifatida nimchorak finalga yo‘l olgan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Suriya termasi 4 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onadan joy oldi. Hindiston esa uch mag‘lubiyatdan so‘ng 0 ochko bilan to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.
Endi futbolchilarimiz 30 yanvar kuni “F” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoa bilan chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA