Hukumatga norozilik kuchayib borishi asnosida Isroil asirlarni uylariga qaytarishga harakat qilmoqda. AQSH elchisi Misr va Qatarda kelishuvga vositachilik qilish niyatida. Sulh muddati ikki oy davom etishi mumkin.

AQSH va Isroil matbuoti bitim tuzilishiga ishonch bilan qaralayotganini yozgan. Isroil rasmiylari aytishicha, tegishli taklif Qatar va Misr vositachilari orqali XAMASga taqdim etilgan. Rejaga muvofiq, ayollar, 60 yoshdan oshganlar, xotin-qiz harbiylar va G‘azoda qolgan erkak askarlar, shuningdek marhum askarlar olib chiqib ketilishi kutilmoqda.