AQSHda simsiz aloqaning oltinchi avlodi (6G) joriy qilinishi 2030 yillarga borib amalga oshishi mumkin. Bu haqda davlat kotibining xalqaro axborot va aloqalar siyosati bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Stiv Leng ma’lum qildi.

“Kelgusi avlod, ya’ni biz kutayotgan 6G, o‘ylashimcha 2030 yillarda joriy qilinadi”, – dedi u Vashingtonda so‘zga chiqqanda.

Amaldorning ta’kidlashicha, AQSH hozirda 6G tarmog‘i uchun chastotalarni aniqlab olmoqda.

“Amerika bozori hazirda simsiz tarmoqning beshinchi avlodi hisoblangan 5G ni o‘zlashtirib bo‘lgan, boshqa mamlakatlarda esa o‘zlashtirish hali davom etmoqda”, dedi Leng o‘z ma’ruzasida.