Mamlakatimiz hududida giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi hamda Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor qidiruv guruhi xodimlari bilan hamkorlikda D.ismli shaxsning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada tuman hududida Farg‘ona shahrida yashovchi 1984 yili tug‘ilgan T.N. ismli shaxs “D” ismli shaxsga 7 tonna sholi mahsulotini 199,66 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasiga almashtirayotgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Aniqlangan holat yuzasidan T.N. ismli shaxsga nisbatan  Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.