O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekistonning uchta asosiy tashqi savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 198 ta davlati bilan savdo aloqalariga ega. O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 62,6 milliard dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,9 foizga o‘sdi. Umumiy hajmdan eksport 24 426,2 million dollarni, import esa 38 141 million dollarni tashkil etdi.

Xitoy mamlakatimizning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 13,7 milliard dollarni (umumiy ko‘rsatkichning 21,9%) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya ikkinchi o‘rinda – 9,88 milliard dollar (15,8 foiz). Kuchli uchlikni Qozog‘iston 4,39 milliard dollar (7%) bilan yakunladi.

O‘zaro tovar ayirboshlash tarkibida O‘zbekiston Qozog‘istonga 1372,5 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. Import esa 3026,4 million dollarni tashkil etgan.

O‘zA