Eronning Islomoboddagi elchisi hamda Pokistonning Tehrondagi dipmissiyasi rahbari 26 yanvardan o‘z vazifasini bajarish uchun qaytishadi. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vazirligi saytida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari e’lon qilgan qo‘shma bayonotda keltirilgan.
Bundan tashqari, “Pokiston tashqi ishlar vaziri Jalil Abbos Jilani taklifiga binoan Eron tashqi ishlar vaziri Xusayn Amir Abdullaxiyon 2024 yil 29 yanvarda Pokistonga tashrif buyuradi”, deyiladi bayonotda.
16-17 yanvar kunlari ikki mamlakat ham terrorchilikka qarshi kurash iddaosi bilan bir-birining hududiga qarata raketa zarbalarini bergan edi. Shundan keyin ikki mamlakat o‘z elchilarini chaqirib olishga qaror qilgan.